Yigitlarimiz yirik hisobda ğalaba qozonişdi va 2-öringa kötarilib oldi
Yigitlarimiz yirik hisobda ğalaba qozonişdi va 2-öringa kötarilib oldi. Qizlarimiz mağlub bölişdi
Şaxmat olimpiadasining 7-turida Özbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan yirik 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Jahongir Vohidov va Şamsiddin Vohidovlar raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmadi.
Şunday qilib, terma jamoamiz 5 ta ğalaba va 2 ta durang bilan turnirda 2-öringa kötarilib oldi.
Yigitlarimiz ertaga Germaniya bilan kuç sinaşadi.
***
Qizlarimiz 7-turda Serbiya terma jamoasiga 1,5:2,5 hisobida mağlub bölişdi. Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova va Maftuna Bobomurodova durang öynadi, Marjona Malikova esa mağlub böldi.
Hozirda qizlarimiz 45-örinda borişmoqda. Keyingi turda qizlarimiz Şimoliy Makedoniya bilan kuç sinaşadi.
👉 @xushnudbek 👈


