Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

«Miranda qoidasi» haqida

Matn5-avgust, 2022, 18:082 daqiqa0 koʻrish

“Miranda qoidasi” haqida

Hozir OAV va internetda tilga olinayotgan “Miranda qoidasi”ga şubha bilan qarayotgan odamlarni ham tuşunsa böladi. Izohlar, postlar, munosabatlarda bu tez-tez körinyapti. Ammo “qoğozda yozilib, işlamaydigan yana bir qoida nega kerak?”, “baribir heç narsa özgarmaydi”, degan fikrlarga qöşilmayman.

Bu yerda eng katta asosiy farq bor: qonunlarda yöq narsani bajarmaganlik qonunbuziliş emas, ammo qonunda belgilangan talabni bajarmaslik javobgarlikka sabab böladi.

Yaʼni hozir uşlangan şaxsga huquqlarini tuşuntirmagan organ xodimlariga heç qanaqa eʼtiroz bildirolmaysiz, talab ham qilolmaysiz.

Ammo bu Konstitutsiyaga kiritilgandan keyin, majburiyatga aylanadi. Ha, töğri, darrov hamma bunga amal qilavermaydi, bu tizim töliq işlab ketmaydi. Toki normal holatga kelgungaça, minglab qoidabuzarliklar bölişi, minglab holatlarda organ xodimlari öz majburiyatini bajarmasligi, uşlangan şaxslar huquqlari yana buzilişda davom etişi mumkin, ha. Ammo endi organ xodimlari har bir holatda qonunbuzarga aylanadi. Farqni köryapsizmi?

Bitta misol keltiraman. Masalan, oxirgi paytlarda avtoblogerlarning taşviqoti ortidan juda köp haydovçilar YPX xodimlaridan qoidada yozilganidek, töxtatiş sababi, xizmat guvohnomasi, dislokatsiya va boşqa narsalarni talab qilişni örganib olişdi. Agar xodim özini taniştirmasa, bodi-kamerasi işlamayotgan bölsa yoki boşqa qandaydir noqonuniy harakat qilsa bir zumda internetda “yulduz”ga aylanyapti.

“Miranda qoidasi” ham xuddi şunaqa böladi. Qoida Konstitutsiyaga kiritiladi, qolganini özingiz talab qilib olaverasiz. Jamiyat bu qoidani qabul qilişga, hazm qilişga tayyor bölsa, eng asosiysi, talab qilsa, ertami-keçmi, öz-özidan tizim işlaşni boşlaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek