Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Şavkat Mirziyoyev şaxmatçilarni davlat mukofoti bilan taqdirlaganini maʼlum qildi

Matn10-avgust, 2022, 17:552 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev şaxmatçilarni davlat mukofoti bilan taqdirlaganini maʼlum qildi. Yigitlarimizga maşina ham sovğa qilinadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Toşkent arxitektura-quriliş institutida talabalar bilan uçraşdi.

Uşbu uçraşuv davomida davlat rahbari 44-Butunjahon şaxmat olimpiadasida çempion bölgan yigitlarimiz haqida ham gapirdi.

“2026-yili ilk marta Şaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilamiz. Mana körasizlar, butun dunyo öşa turnirga butunlay boşqaça kayfiyatda kelişadi. Özbekistonga, çempionlar yurtiga boryapmiz-ku, deb qattiq tayyorgarlik körişadi. Keça telefon qilganimda ham aytganimdek, biz ulardan ham zörroq tayyorlanişimiz kerak”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, davlat rahbari Özbekiston terma jamoasi aʼzolarini davlat mukofotlari bilan taqdirlaganini maʼlum qildi. Yigitlarga “Özbekiston iftixori” faxriy unvoni, qizlarimizga esa “Kelajak bunyodkori” medali beriş töğrisidagi hujjatga imzo çekilgan.

Bundan taşqari Prezident çempion yigitlarimizga maşinalar ham sovğa qilinişini eʼlon qildi.

“Çempionlarimizga yana qanaqa sovğa berişni uzoq öyladim. Mana, boksçilarimizga şunday katta pul mukofoti, maşinalar berdik, şaxmatçilarimizga ham bermasak, adolatdan bölmaydi. Şu sababli ularga maşina ham sovğa qiladigan böldik. Yoş-yoş yigitlarimiz uyiga maşina haydab borsa, tasavvur qilinglar, bu yoşlarimizga qanday katta motivatsiya böladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Hozirça maşina rusumi maʼlum qilinmagan.

Eslatib ötaman, 5-avgustdagi Prezident qaroriga binoan, Butunjahon şaxmat olimpiadasida oltin medalni qölga kiritgan sportçilarga 600 mln söm, ularning murabbiysiga esa 300 mln söm bir martalik pul mukofoti beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek