Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Yaponiyada özbek tili böyiça yangi öquv qöllanma naşr etildi

Video7-yanvar, 2024, 12:301 daqiqa0 koʻrish

Yaponiyada özbek tili böyiça yangi öquv qöllanma naşr etildi

Tokio xorijiy tillar universiteti kiçik ilmiy xodimi Xidaka Şinsuke «New Express + Uzbek language» nomli öquv qöllanmasini işlab çiqdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Lotin alifbosida yozilgan uşbu qöllanma 160 bet va 20 ta darslikdan iborat. Darslik boşlanğiç darajada özbek tilini örganayotganlarga möljallangan bölib, u özbek tili grammatikasi haqida tuşunça beradi. Kitobning ovozli şakllari ham tayyorlangan.

Kitob şu yil 29-yanvardan boşlab sotuvga çiqariladi.

Xidaka Şinsuke PhD ilmiy darajasiga ega. U 2007-yildan buyon özbek tilini örganib kelmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek