Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Noyabr keldi, lekin haligaça darsliklar röyxati eʼlon qilinmadi

Matn1-noyabr, 2023, 19:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Noyabr keldi, lekin haligaça darsliklar röyxati eʼlon qilinmadi

Kelgusi yilgi test sinovlarida tuşadigan savollarni tayyorlaşda foydalaniladigan darsliklar röyxati haligaça eʼlon qilinmadi.

Ötgan yillardan misol qilsak, darsliklar röyxati 2021-yilda 26-oktyabr kuni, 2022-yilda 28-oktyabr kuni eʼlon qilingan edi.

Joriy yil esa, mana, noyabr kelsa ham haligaça maʼlum emas.

Meni bir savol qiynaydi, nima uçun yildan yilga iş yaxşilaniş örniga orqaga ketyati? Abituriyentlar uçun darsliklar röyxati qança tez eʼlon qilinsa, şunça yaxşi, ular tayyorgarligini şunga qarab qilişadi. Buni juda yaxşi bilasizlar-ku.

Aslida darsliklar röyxati öquv yili boşlanişidan oldin eʼlon qilinişi kerak. Nahotki 2 oy içida şu maʼlumotni aniqlaştiriş şunçalar qiyin. Mantiqan olganda qaysi darsliklardan savol tuzilişi katta jumboq yoki Eynşteyn topişmoği emas-ku. Ikki karra ikki törtdek aniq va ravşan-ku. Şuni eʼlon qilişni nimasi qiyin?

Hurmatli mutasaddilar, nega uxlayapsizlar?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek