Yana bitta soxta raqamli maşina
Yana bitta soxta raqamli maşina. Bunisi ham Namanganda. Bunisi ham soxta Toşkent raqamini taqib yurgan. Bunisi ham qonunlarni hurmat qilmaydigan tezliksevar.
Soxta raqamni Moskvada 30 dollarga yasattirgan emiş. Namanganda soxta raqamda yuriş “moda”ga aylangan şekilli.
Lavhada aytilişiça, maşina egasiga jinoyat işi qözğatilgan. Bilişimça, soxta raqam bilan yurganlik faqat maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi, Jinoyat kodeksida unaqa modda yöq. Ammo videoda “avtomaşina hujjatlarini qalbakilaştirganlik uçun” deyilgan. Demak, bu yigit nafaqat soxta raqam bilan, balki soxta hujjat bilan ham yurgan bölişi mumkin. Bu esa JK 228-moddasiga (hujjat qalbakilaştiriş) tuşadi.
👉 @xushnudbek 👈

