Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

XVJ Özbekiston rasmiylari bilan maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça bayonot eʼlon qildi

Matn25-aprel, 2025, 11:501 daqiqa0 koʻrish

❗️Xalqaro valyuta jamğarmasi Özbekiston rasmiylari bilan maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça bayonot eʼlon qildi

XVJ bayonotidan bir qança tavsiya va xulosalar örin olgan. Jumladan:

🔹 amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalaş qonunini qabul qilişni tezlaştiriş;

🔹 korxonalar foydasi va jismoniy şaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qiliş, daromadga qarab soliq imtiyozlarini qisqartiriş;

🔹 samarasiz bojxona imtiyozlarini bekor qiliş va yangilarini taqdim etişdan voz keçiş;

🔹 davlat qarzini boşqariş strategiyasini takomillaştirilgan hisobot va eʼlon qiliş orqali şaffoflikni oşiriş;

🔹 DXŞ bilan boğliq bölişi mumkin bölgan xarajatlarni byudjetga kiritiş, DXŞ loyihalarini davlat investisiyalarini boşqarişning keng qamrovli tizimiga singdiriş hamda mablağlarni özlaştiriş böyiça real imkoniyatlarni hisobga olgan holda DXŞ uçun yillik çegarani kamaytiriş;

🔹 oltin narxi özgarişining davlat xarajatlariga taʼsirini minimallaştirişga intiliş;

🔹 valyuta kursi özgarişining keng doirasiga bosqiçma-bosqiç ötiş;

🔹 şaffof tartib-qoidalar, investorlar huquqlarining qonuniy kafolatlari va aktivlarni sotişdagi raqobat bilan xususiylaştirişni jadallaştiriş;

🔹 tizimli ahamiyatga ega banklarni ixtisoslaştirilgan davlat banklari sifatida saqlab qoliş böyiça joriy rejalarni amalga oşirmaslik;

🔹 korporativ qarzdorlarga xorijiy valyutada kredit beriş, rasmiy daromadga ega bölmagan jismoniy şaxslar va tölovga layoqatsizlik yoki likvidlik xavfi yuqori bölgan korporatsiyalarga kredit beriş bilan boğliq risklarni bartaraf etiş;

🔹 imtiyozli va yönaltirilgan kreditlaşdan voz keçiş.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek