Yangi öquv yilidan xotin-qizlar uçun kontrakt tölovi daromad soliğidan ozod qilinadi
⚡️Yangi öquv yilidan boşlab, oliygohda öqiyotgan xotin-qizlar uçun, kim tölaşidan qatʼi nazar, kontrakt tölovi daromad soliğidan ozod qilinadi
Bu haqda Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev qoraqalpoğistonlik saylovçilar bilan uçraşuvda maʼlum qildi. Hozirda uşbu imtiyoz farzandi va turmuş örtoği uçun kontrakt tölaganlarga qöllanilar edi.
Bu degani, agar kelgusida uşbu qaror kuçga kirsa, talaba xotin-qizlarning kontrakti uçun aka-ukasi, qaynota yoki qaynonasi, toğasi yoki amakisi, xullas kim tölaşidan qatʼi nazar, barçaga daromad soliğidan imtiyoz qöllanadi. Jaydari tilda aytganda kontrakt tölagan summasidan 12 foiz qaytarib beriladi.
👉 @xushnudbek 👈



