Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriş davom etmoqda
Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriş davom etmoqda
Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga köra, tölov-kontraktda öqiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) taʼlim krediti beriş tizimi joriy etilgan.
❓Kimlarga beriladi?
✅ Özbekistondagi barça oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning Özbekistondagi filiallari);
✅ Örta maxsus va professional taʼlim muassasalari öquvçilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
❓Qaysi kurslarga beriladi?
✅ Barça kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yöq.
❓Qaysi taʼlim şakliga beriladi?
✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Keçki.
❌ Quyidagilarga berilmaydi:
➖ super-kontrakt;
➖ qöşma taʼlim;
➖ masofaviy taʼlim;
➖ ikkinçi mutaxassislik;
➖ ordinatura;
➖ xorijdagi OTMlarga.
❓Tölaş qaçondan boşlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng yettinçi oydan boşlab (yaʼni olti oy ötib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln söm taʼlim krediti olinsa, öqişni tugatgandan söng, 6 oy ötgaç 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming sömdan tölab boriladi.
❓Foizsiz taʼlim krediti oliş uçun kam taʼminlangan böliş kerakmi?
✅ Yöq, uşbu taʼlim krediti oilaviy ahvolidan qatʼi nazar barça xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap notöğri.
👉 @xushnudbek 👈

