Xorijdan ayrim misollar
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Xudoyberdiyev yöl qoidalarini buzib, buni internetda maqtanayotganlarga nisbatan jazo çoralarini kuçaytiriş zarurligi haqida fikr bildirdi.Xorijdan ayrim misollar
1️⃣ Birinçi videoda AQŞdagi sud jarayoni aks etgan. Unda sudya soatiga 140 mil (224 km/soat) tezlikda yurgan haydovçiga jazoni eʼlon qilmoqda.
Jazo:
— butun umrga haydovçilik huquqidan mahrum qiliş;
— agar yana qayta rulga ötirsa, 6 oyga qamoq va 500 dollar jarima;
— maşina musodara qilinadi.
2️⃣ Ikkinçi rasmdagi 2021-yilda röy bergan voqea haqida xabar berilgan. Norvegiyada yaşovçi iroqlik boyvaçça Germaniyada Lamborghini Huracan maşinasini 310 ming AQŞ dollariga sotib oladi. Norvegiyaga qaytayotganda yölda Daniyadan ötişi kerak edi. Va u Daniyada 236 km/soat tezlikda harakatlanadi. Daniya qonunçiligiga köra, ehtiyotsizlik bilan transport vositasini boşqariş maşinani musodara qilişga asos böladi. Şu sababli, yap-yangi Lamborghini musodara qilinadi, qöşimçasiga iroqlik haydovçiga jarima ham solişadi.
Daniya qonunçiligida quyidagilar "ehtiyotsizlik bilan haydaş" hisoblanadi va transport vositasi musodara qilinadi va auksionda sotuvga qöyiladi:
1) tezlik limitidan 100% oşib ketiş (masalan, 60 tezlik belgilangan joyda 120 dan tez yuriş);
2) istalgan joyda 200 km/soatdan yuqori tezlikda yuriş;
3) agressiv haydaş;
4) mast holda transport vositasini boşqariş (qondagi alkogol miqdori 0,2%);
5) mast holda YTHga sabab böliş.
3️⃣ Uçinçi videoda esa ötgan haftada Rossiyada bölgan voqea aks etgan.
Tataristonlik tezlikni xuş köruvçi 25 yoşli tadbirkor Audi RS5 maşinasida katta tezlikda yuk maşinasining tagiga kirib ketgan va voqea joyida halok bölgan. U bunga qadar 700 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan ekan. Boşqa bir videoda uning dösti 300 km/soatdan tez yurganini suratga olgan (u video avariya kuni olinmagan).
Ayrimlar uşbu voqeada yuk maşinasini ham ayblagan. Lekin bu yerda oddiy fizika qoidalarini biliş kerak. 300 km/soat tezlik — bu soniyasiga 84 metr degani. Yaʼni bunaqa katta tezlikda kelayotgan maşina atigi 3 soniya oldin 252 metr, 5 soniya oldin 420 metr masofa orqada bölgan degani. Bu yerda asosiy qoidabuzar bu tezlikni oşirgan haydovçining özi.
❗️Xullas, bizda ham, bu borada allaqaçon jiddiy çoralar köriş payti kelgan. Har bir yöqotilayotgan kun, yöqotilayotgan umrlar, halok bölayotgan insonlar degani. Şuni unutmaylik.
👉 @xushnudbek 👈

