Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Qonunlarimiz ustidan kulayotganlar haqida

Video3-oktabr, 2024, 14:562 daqiqa0 koʻrish

Qonunlarimiz ustidan kulayotganlar haqida

Bu haqda avval ham köp gapirganmiz. Aytadigan söz ham qolmadi. Afsuski, "avtoterroristlarga" qarşi biron jiddiy çora körilmayapti. Ular esa qonunlarning, davlatning, organ xodimlarining ustidan kulişda davom etmoqda. Yaqinda bitta instabloger YPX inspektorlari bilan qanaqa hurmatsizlik bilan gaplaşganining videosini körgan bölsangiz kerak.

Bugun esa xonanda Jahongir Otajonov 195 km/soat tezlikda yurgani aks etgan videoni öz Instagramiga joylaştiribdi. Reklama mazmunidagi video bölsa ham, hayron qolmayman. Jarayonni özi telefonga suratga olgan va rulni bir qöli bilan boşqargan. Unga qanday jazo beriladi? Şunçaki qançadir arzimagan jarima tölattiriladi va nari borsa videoda uzr sörattirişadi. Lekin oxirgi paytlar uzrni ham eplab bölmayapti, Olimpiada çempioni va instablogerlar quloqsizlik qilişyapti.

Va eng kulgilisi, 15 kun içida tölasa, yana davlat mehribonlik qilib 50% çegirma ham beradi. Nima bu bozormi savdo qiladigan, hayronman. 50 foizlik çegirma qöllanmaydigan qoidabuzarliklar röyxatini kengaytiriş kerak va belgilangandan 20 km/soatdan oşirilgan tezlik uçun ham çegirma qöllanmaydigan qiliş şart.

Qoidabuzarligini maqtanib internetga video joylayotganlarni haydovçilik huquqidan mahrum qiliş şunçalik qiyin işmi? Nimadan bunçalik qörqasizlar? Norozilikdanmi? Kimlarning? Huquqbuzar va qonunlarni bir tiyinga olmaydigan fuqarolarning noroziligidanmi? Yöllarda ölib ketayotgan bolalar, otalar va onalarçi? Ular Özbekiston fuqarosi emasmi?

Ölganlarning nolasi eşitilmaydimi yoki?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek