Xitoydagi o‘zbekistonlik yoshlar holati nazoratga olindi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
Xitoy Xalq Respublikasida taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarimiz va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
Bugungi kunda jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida “Koronavirusi” tarqalayotgani haqidagi xabarlar keng tarqatilmoqda.
O'z o'rnida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati Xitoydagi vaziyat Elchixonamiz va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonamiz tomonidan nazoratga olingani hamda mazkur yoʻnalishda uzluksiz ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili Xusnulla Asadullayev epidemiya markazi boʻlgan Uxan shahrida taʼlim olayotgan yoshlarimiz bilan hozirgi vaqtga qadar doimiy aloqada boʻlib turibdi va mavjud ma'lumotga ko'ra vaziyat mahalliy Hukumat vakillari tomonidan to'liq nazoratga olingan, qolaversa Xitoy Xalq Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi va Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan ushbu masalani hal qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bois yoshlarimizdan noto'g'ri ma'lumotlar bilan vaziyatni keskinlashtirmaslikni iltimos qilgan holda holat yuzasidan savollar boʻlsa, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va Assotsiatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili bilan bogʻlanishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishonch telefoni: +99899 345 55 59
Assotsiatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili Xusnulla Asadullayev
ID (WeCHAt) – Khusnulla1996
Tel: +86 130 9318 8705
O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining rasmiy sahifalari👇👇👇

