Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Xalqdan milliardlab pul şiladigan UzIMEI haligaça normal tizim yaratişni eplay olmagan

Albom27-oktabr, 2023, 12:462 daqiqa0 koʻrish

Xalqdan milliardlab pul şiladigan UzIMEI haligaça normal tizim yaratişni eplay olmagan

Zamonaviy telefonlarning deyarli barçasida sim-karta uçun 2 ta “slot” böladi. Ikkalasini alohida röyxatdan ötkaziş va alohida tölov qiliş kerak. Yöqsa, bittasi işlamay qolişi mumkin.

UzIMEI rasmiy saytida röyxatdan ötkaziş çoğida bitta arizaning özida 2 ta IMEI kodi yozişning texnik imkoni yöq. Faqat bitta IMEI uçun ariza yuboriş mumkin, ikkinçisini kiritiş funksiyasi mavjud emas.

Qiziq tomoni bittasini ötkazib bölgaç, xuddi öşa telefonning ikkinçi IMEI-kodini ham röyxatdan ötkazaman desangiz, sizga rad javobini berişadi. Yaʼni bir kişi faqat bitta IMEI-kodni röyxatdan ötkazişi mumkin, ikkinçisiga haqqingiz yöq, degan javob keladi. Ey, Xudoyim, axir bu bitta telefon-ku!

Call markazga qönğiroq qilsangiz, saytdan emas, USSD kod orqali qilişingiz kerak edi, deb aybni özingizga ağdarişadi. Lekin biror joyda bu haqida ogohlantiriş berilmagan. Odamlar özi topsa topdi, topolmasa battar bölsin, deyişgan.

Endi nima qilsam, böladi deb sörasangiz, ofisga şaxsan kelişingiz kerak, şunda qöşib beramiz, deyişadi.

Baraka topinglar, xalqdan bezbetlarça milliardlab söm şilişni bilişadiyu, lekin odamlarni ovora qilmaydigan tizim yaratişni eplay olişmaydi.

***

Aytgança, bugun UzIMEIga oid xabar çiqdi. Bularga insof kirib, tizimni tekin qilarmikin desam, yöq, çuçvarani xom sanabman.

➖Endi xorijdan özi bilan olib kirgan 2 ta telefonga bojxona tölovi olinmasakan (avval 1 taga ruxsat edi). Ammo bu köproq bojxonaga oid yangilik.

➖Röyxatga oliş endi Face-ID orqali bölarkan.

➖Turistlarga esa 60 kungaça röyxatdan ötmasdan yurişga ruxsat ekan (30 kun edi).

ESLATMA: yana takrorlayman — IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş tizimi bölişi kerak, buning foyda tomonlari köp. Ammo bu tizim eng avvalo xalq uçun BEPUL bölişi şart. Telefon uçun xalqdan soliq oliş notöğri. Röyxatdan ötiş esa sodda va oson, turli ovogarçiliklarsiz bölişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek