Uzcosmos Özbekistonga yarim tonnalik kosmik apparat qulaşi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
🛰 Uzcosmos agentligi Özbekistonga yarim tonnalik kosmik apparat qulaşi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Maʼlum qilinişiça, 1972-yil 31-mart kuni SSSRning "Venera" dasturi böyiça "Kosmos-482" sayyoralararo kosmik apparati fazoga uçirilgan. Biroq raketa-taşuvçining yakuniy bosqiçi muvaffaqiyatsiz işlaşi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.
Taxminiy hisob-kitoblarga köra, apparatning yerga qulaşi 9-11-may kunlariga töğri kelişi mumkin.
Ammo "Kosmos-482"ning aniq qayerga qulaşi nomaʼlum. Uning Özbekiston hududiga tuşişi ehtimoli esa hozirça 0,3-0,5% oraliğida baholanmoqda.
Apparatning yarim tonnaga (500 kg) yaqin massali titan şari alohida xavf tuğdirişi mumkinligi, uşbu komponent yer atmosferasiga kirişda omon qolişi va butunlay qulab tuşişi ehtimoli borligi bildirildi.
Paraşyut borligiga qaramay, koinotda 53 yil bölganidan keyin u işlamasligi mumkin. Yerga uriliş tezligi esa soatiga 500 kilometrgaça yetişi kutilmoqda.
❗️Agentlik bölaklar topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar beriş va heç qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada bölmaslikni tavsiya etdi. Çunki ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bölişi mumkinligi aytildi.
- 4 Telegram Stars
