Sirtqi taʼlimga qabul butunlay yopildi
❗️Sirtqi taʼlimga qabul butunlay yopildi. Hamma yönalişda. Joriy öquv yilidan. Hozirgi sirtqi talabalar öqişini davom ettiraveradi
• Prezident farmoniga köra, 2025/2026-öquv yilidan boşlab taʼlimning sirtqi şakliga qabul tugatildi. Yaʼni joriy yilda sirtqiga heç kim olinmaydi. Boşqaça aytganda, 1 yarim oydan keyin boşlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi;
• mazkur talab davlat oliygohlari uçun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uçun ham birdek amal qiladi;
• bunda sirtqi taʼlimga qabul barça yönalişlarda tugatiladi. Yaʼni falon yönalişda sirtqi bor, piston yönalişda sirtqi yopildi, degan gap yöq. Endi heç qaysi yönalişga sirtqi uçun talaba qabul qilib bölmaydi;
• hozir öqiyotgan yuqori bosqiç talabalari öqişini sirtqida davom ettiraveradi. Yaʼni sirtqi uçun qabul töxtatildi, sirtqiga boşqa yangi talaba olinmaydi, ammo sirtqilarning özi yopilgani yöq;
• sirtqining örniga kunduzgi taʼlimdan boşqa muqobil taʼlim şakllari böyiça qabul kvotalari bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi. Bu köproq masofaviy taʼlim şakli bölişi mumkin. Şuningdek, maqbullaştirilgan kunduzgi taʼlim şakli (part-time education) böyiça öqitişga ruxsat beriladi;
• oliygohlarda muqobil taʼlim şakllari böyiça umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim şakli qabul natijasining 50 foizidan oşirişga yöl qöyilmaydi. Yaʼni kunduzgiga 100 kişi qabul qilsa, unda muqobil taʼlim şakliga 50 kişidan köp qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota eʼlon qiliş bilan ölçanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib çiqib, keyin 50% muqobilga olişi mumkin böladi;
• magistratura bosqiçida muqobil taʼlim şaklida öqitişga ruxsat beriladi. Bungaça faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham öqitsa böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 22 Telegram Stars

