Hindiston va Pokiston örtasida ziddiyat kuçaydi
🇮🇳🇵🇰 Hindiston va Pokiston örtasida ziddiyat kuçaydi
Kaşmir mintaqasida boşlangan keskinlik Hindiston va Pokiston örtasidagi harbiy töqnaşuvga olib keldi. 7-mayga ötar keçasi Pokiston nazoratidagi Kaşmir hududida sodir bölgan portlaşlar ortidan Hindiston hukumati “Sindur operatsiyasi” doirasida Pokistondagi obyektlarga zarba berganini eʼlon qildi.
Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston mamlakat hududidagi uçta punktga raketa hujumi uyuştirganini tasdiqladi. Natijada Muzaffarobod şahri atrofidagi hududda elektr taʼminoti uzilib, aholi orasida talafotlar böldi.
Javoban Pokiston harbiy-havo kuçlari Hindiston hududlariga zarbalar yöllab, ularning uçta samolyoti va bir dronini urib tuşirganini maʼlum qildi. Sönggi rasmiy maʼlumotlarga köra, Hindiston zarbalari oqibatida Pokistonda 11 kişi, Pokistonning javob zarbalari oqibatida Kaşmirda 3 kişi halok bölgan.
Vaziyat jiddiy tus olgan:
➖ Pokistonning Panjob viloyatida favqulodda holat eʼlon qilindi.
➖ Barça yirik aeroportlar (Karaçi, Lahor, Islomobod) yopildi, xalqaro va mahalliy reyslar bekor qilindi.
➖ Pokiston havo hududi ikki kunga yopildi.
➖ BMT boş kotibi Antoniu Guterriş vaziyatdan xavotir bildirar ekan, “dunyo Hindiston va Pokiston örtasida uruşni kötara olmaydi”, deb bayonot berdi.
➖ AQŞ prezidenti Donald Tramp mojaro kuçayişini “şarmandalik” deb atadi.
