Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Uy va maşinani sotganda tölanadigan davlat boji kamaytirildi

Matn7-dekabr, 2022, 13:392 daqiqa0 koʻrish

Uy va maşinani sotganda tölanadigan davlat boji kamaytirildi

“Davlat boji töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

🏠 köçmas mol-mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq şartnomalarni tasdiqlaganlik uçun:

➖ agar köçmas mol-mulk Toşkent, Nukus şaharlarida va viloyat markazlarida joylaşgan bölsa, BHMning 1 baravari (ilgari köçmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigaça);

➖ agar köçmas mol-mulk boşqa aholi punktlarida joylaşgan bölsa, BHMning 50 foizi (ilgari köçmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigaça).

🚙 avtomototransportni boşqa şaxsga ötkaziş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

➖ avtomototransport vositalari uçun – BHMning 3 baravari (ilgari transport vositasi dvigatelining quvvati, yaʼni ot kuçiga va işlab çiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan 10 baravarigaça);

➖ bitta mototransport, motoaravaça, motoqayiq uçun – BHMning 25 foizi (ilgari işlab çiqarilgan sanasiga qarab BHMning 10 foizidan 50 foizigaça).

✅ avtomototransport vositalarini boşqarişga va tasarruf qilişga oid işonçnomalarni, şuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalaniş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun:

➖ mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa- singillariga, jiyanlariga – BHMning 50 foizi;

➖ boşqa şaxslarga – BHMning 2 baravari (ilgari BHMning 3 baravari).

✅ mol-mulkni ijaraga beriş şartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga özgartişlar kiritganlik uçun:

➖ mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 10 foizi (ilgari BHMning 25 foizi);

➖ jismoniy şaxslar uçun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi);

➖ yuridik şaxslar uçun yoki agar taraflardan biri yuridik şaxs bölsa – BHMning 50 foizi (ilgari BHMning 1 baravari).

✅ mol-mulkdan tekin foydalaniş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi).

✅ garov, ipoteka va lizing şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun:

➖ jismoniy şaxslar uçun – BHMning 1 baravari (ilgari şartnoma summasiga qarab BHMning 1 baravaridan 2 baravarigaça);
➖ yuridik şaxslar uçun yoki agar taraflardan biri yuridik şaxs bölsa – BHMning 2 baravari (ilgari şartnoma summasiga qarab BHMning 2 baravaridan 4 baravarigaça).

✅ qarz şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun – BHMning 25 foizi (ilgari şartnoma summasiga qarab BHMning 25 foizidan 1 baravarigaça).

Qarz şartnomasidan kelib çiqadigan pul summalarini undiriş töğrisidagi ijro varaqalarini berganlik uçun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek