Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Uşbu videodagi holat 2019-yil oktyabr oyida bölgan

Video29-may, 2023, 12:553 daqiqa0 koʻrish

Uşbu videodagi holat 2019-yil oktyabr oyida bölgan. Daniya boş vaziri Mette Frederiksen (hozir ham şu lavozimda) parlament deputatlari oldida byudjetdagi kutilmagan xarajat böyiça hisobot beryapti va deputatlardan şu ortiqça çiqimga rozilik sörayapti.

Boş vazirning Daniya sirklaridagi sönggi törtta filni sotib oliş haqidagi hikoyasi kulgiga sabab bölgan (samimiy kulgu).

Gap şundaki, Daniyada 2017-yili sirklarda yovvoyi hayvonlar, jumladan, fillardan foydalaniş taqiqlangan edi. Şundan söng, hukumat sirkdagi hayvonlarni özi sotib olib, ularga ğamxörlik qiladigan böldi.

Sönggi törtta fil uçun byudjetdan 11 million Daniya kronasi (1,6 million yevro) tölangan. Biroq, kutilmagan holat yuzaga kelgan - Rambolin laqabli fil köp yillar davomida Ali laqabli tuya bilan döst bölib kelgan.

“Bizga Rambolin va Alini ajratmaslik juda muhimligini aytişdi. Şuning uçun uni ham sotib olişga majbur böldik”, — deyapti boş vazir deputatlarga. Va bu ikki döst hikoyasini ayta turib, beixtiyor kulib yubordi. Uning ortidan butun parlament kulmoqda.

Yakunda deputatlar tuyani ham sotib olişga rozilik beribdi.

Bizning parlamentda şunaqa holatni tasavvur qiliş mumkinmi? Yöq, albatta! Daniyada bitta tuya uçun deputatlardan rozilik söralyapti, bizda esa yuz milliardlab pullar “tuya” qilinadi, lekin heç kim xalq vakillaridan ruxsat söramaydi. Deputatlar ham buni talab qilmaydi.

Xullas, qanaqadir parallel olamda yaşayotgandekmiz.

Maʼlumot uçun: Daniya dunyodagi eng korrupsiyadan holi davlatlar reytingida 1-örinda, aholisi eng baxtiyor davlatlar reytingida 2-örinda, yaşaş şaroiti eng yaxşi davlatlar reytingida 6-örinda turadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek