Toşkentda 2 ta reduktor içiga yaşirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi
❗️Toşkentda 2 ta reduktor içiga yaşirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi
Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning maʼlum qilişiça, 31 yoşli taksi haydovçisi 2 dona avtoehtiyot qismni Rossiyadan 200 dollar evaziga Özbekistonga olib kelib bergan.
Şuningdek, yana bir fuqaro 150 ming söm evaziga reduktorlarni “Navoiy” bojxona postidan olib ötib berişga rozi bölgan. Bojxona postidagi tekşiruvlarda ehtiyot qismlar içida 5 kg oğirlikdagi klefedron sintetik giyohvandlik vositasi borligi maʼlum bölgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik vositasini Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi 2 nafar şaxsga eltib berişi kerak bölgan kuryer ham qölga olingan.
Taʼkidlanişiça, taksist ham, reduktorlarni bojxonadan olib ötib bergan kişi va kuryer ham ehtiyot qismlar içiga giyohvandlik vositasi yaşirilganini bilmagan.
Bojxona qömitasi fuqarolardan bojxona postlari orqali özgalarning yuklarini olib ötib bermaslikni söramoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


