1-dekabrdan boşlab AI-80 benzini sotuvi töxtatiladi
❗️1-dekabrdan boşlab AI-80 benzini sotuvi töxtatiladi
Prezidentning 18-noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilği bilan taʼminlagan holda AI-80 benzinini AYQŞlarda sotişni oldini oliş böyiça qatʼiy nazorat örnatiladi.
Şuningdek, uşbu qaror asosida, yana bir qator çoralar belgilanmoqda:
➖respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika boğlarini taşkil etişni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi;
➖quriliş uçun ajratilgan obyektlarda quriliş boşlanişidan oldin quruvçi taşkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar örnatiladi;
➖Toşkent şahar örmon xöjaligini taşkil etiladi;
➖poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş böyiça takliflar işlab çiqiladi;
➖Tiğiz vaqtlarda şaharda yuk maşinalari harakati çeklanadi;
➖Binolarni loyihalaşda şamol yönalişi va tezligini inobatga oliş talabi qöyiladi;
➖Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesiş yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz beriş orqali qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



