9 kg narkotik moddalar musodara qilindi
9 kg narkotik moddalar musodara qilindi
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Xazorasp tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşina salonida jami 6 bölakda 3 kg 982 gr “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Tezkor suriştiruv harakatlari davomida mazkur şaxs Tojikistondan keltirilgan uşbu moddani Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yaşovçi 2 nafar fuqarodan olganligi maʼlum bölib, Xazorasp tumanidagi mehmonxonaning ular joylaşgan xonasidan sotiş uçun möljallangan 1 kg 952 “opiy” moddasi ham tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu giyohvandlik vositasini sotib olgan vaqtlarida yana 2 nafar xazorasplik narkosavdogarlar uşlangan.
***
Buxoro viloyatida qayd etilgan holatda esa Ğijduvon tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan 2 nafar fuqaro Buxoro şahrida 1 kg 224 gr “opiy” moddasini 50 ming dollarga sotgan vaqtlarida uşlangan.
***
Yana bir tezkor tadbirda Böka tumani hududida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, tekşirilgan.
Unda yölovçi sifatida ketayotgan, Farğona viloyatining Bağdod tumanida yaşovçi fuqaro yonida 1 kg 913 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Uşbu giyohvandlik moddasi tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yöli bilan Toşkent viloyatiga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan.
Hozirda barça holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



