Texnikum öqituvçilari va ustalari uçun ustamalar hamda xorijiy stajirovkalar joriy etiladi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzMaktablarda yagona davlat imtihonlari joriy etiladi, xususiy boğça tarbiyaçilari oyligi byudjetdan qoplanadi va boşqa yangiliklar eʼlon qilindi.Keça Prezident eʼlon qilgan taşabbuslar içida texnikumdagi öqituvçi va ustalar uçun yangiliklar:
➖ Maktabdagi kabi texnikumlarning öqituvçi va ustalari uçun kasbiy sertifikatlaş tizimi joriy qilinadi.
Şu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uçun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama tölanadi;
➖ Texnikum direktori va örinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bölmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qöşimça 20 foiz ustama tölanadi;
➖ Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uçun ustamalar tölaş yölga qöyiladi;
➖ Har yili 500 nafar muallim ilğor xorijiy taʼlim taşkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa çet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

