Öqituvçilarga BYD Chazor avtomobili sovğa qilindi
🚗 Öqituvçilarga BYD Chazor avtomobili sovğa qilindi
Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi 37-maktabning ingliz tili muallimasi Nodira Nabiyeva hamda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili öqituvçisi Billura Ikromova Prezident tomonidan taqdirlandi.
❗️Maʼlumot uçun, Nodira Nabiyeva eşitiş qobiliyatida nuqsoni borlar uçun “inglizça-özbekça surdo luğat” yaratgan bölib, Germaniyaning “Lambert Academic Publişing” naşriyotida uning “Teaçing English to deaf students” nomli kitobi çop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQŞning Galladet universitetida yordamçi öquv-uslubiy qöllanma sifatida foydalanilmoqda.
Billura Ikromova esa Top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirgan. Hozirda Romitanning eng çekka qişloğidagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda. U — TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibi, qişloq qizlari uçun mentorlik loyihasi taşabbuskori.
- 12 Telegram Stars



