Raqamli soğliqni saqlaş markazi yangi loyihalarni taqdim etdi
Raqamli soğliqni saqlaş markazi yangi loyihalarni taqdim etdi
16-sentyabr kuni Raqamli soğliqni saqlaş markazi tibbiyot sohasidagi innovatsion loyihalarini taqdim etdi.
Jumladan:
— DMED yagona tizimiga hozirgaça 33 million fuqaroning elektron tibbiy kartasi kiritilgan. Bu şifokor işini yengillaştirib, bemor bilan töğridan-töğri işlaşga köproq vaqt ajratişga imkon bermoqda.
— Situatsion markaz işga tuşdi. Bu markaz şifokorlar bandligi va tibbiy jihozlar holatini real vaqt rejimida körsatadi. Bu orqali resurslar aniq va samarali taqsimlanadi.
— 7 yildan beri faoliyat yuritayotgan “Köngil közi” loyihasi sunʼiy intellekt bilan kengaytirildi. Endi erta tuğilgan çaqaloqlarda körlikka olib keluvçi kasalliklar ilk kunlardanoq aniqlanadi. Yangi texnologiyalar bilan bolalarda 90 foizgaça körlik holatlarining oldini oliş mumkin.
Şuningdek, yana bir qator yangiliklar qatorida insult va kökrak bezi saratonini erta aniqlaşga xizmat qiluvçi texnologiyalar ham bor.
- 4 Telegram Stars


