Oğir kasallikka çalingan 10 ming nafar bola bepul operatsiya qilinadi
❗️Oğir kasallikka çalingan 10 ming nafar bola bepul operatsiya qilinadi
Şavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlaş yuzasidan takliflar bilan tanişdi.
Unga köra, quyidagilar rejalaştirilmoqda:
➖ Oğir va nogironlikni keltirib çiqaruvçi kasalliklarga çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkaziş;
➖ 2,3 ming nafar onkologik, gematologik va onkogematologik taşxisi qöyilgan bemorlarni tibbiy tekşiruvdan ötkaziş, davolaş va jarrohlik amaliyotlari ötkaziş;
➖ kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini ötkaziş xarajatlarini qoplaş;
➖ 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar hamda Vatan sarhadlarini himoya qiliş yölida qurbon bölgan ota-onalar farzandlarining omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida pul ötkaziş;
➖ 500 ta masjidda zamonaviy tahoratxonalar quriş, rekonstruksiya qiliş yoki taʼmirlaş, şuningdek, joylardagi qabristonlarni obod qiliş;
➖ Davlat taʼminotidagi oilalar, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar oziq-ovqat töplamlari bilan taʼminlaş.
💰Mazkur çora-tadbirlar uçun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 690 mlrd söm mablağ ajratilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 15 Telegram Stars

