Aholining qon bosimi, qand va xolesterin körsatkiçlari har yili bepul ölçanadi
💉 Özbekistonda har yili aholining qon bosimi, qand va xolesterin körsatkiçlarini bepul ölçaş tadbirlari ötkaziladi
Şavkat Mirziyoyev bu böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Unga köra, soğliqni saqlaş tizimida quyidagilar rejalaştirilgan:
➖ 2026-yil 1-maydan boşlab Samarqand viloyati va Toşkent şahrida, 1-oktyabrdan Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida, 2027-yildan esa boşqa hududlarda “Stent for Life” va “Action Plan for Stroke” xalqaro dasturlari asosida işlab çiqilgan “Infarkt va insultga qarşi kuraşiş” milliy dasturi amaliyotga joriy etiladi;
➖ Tez yordam brigadalari telemetrik elektrokardiograf va monitorli defibrillyatorlar bilan taʼminlanadi. Şu jumladan, EKG natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qiliş, tez yordam brigadalari va şifoxonalar örtasida real vaqt rejimida maʼlumot almaşiş imkoniyati yaratiladi;
➖ Statsionar tibbiyot muassasalarida insultni sunʼiy intellekt asosida taşxislaş imkoniyati yaratilib, bemorlarning harakat marşruti raqamlaştiriladi. Şifoxonalar esa şoşilinç holatlarda jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş uçun tromb erituvçi dori vositalari hamda zarur sarflov materiallari bilan taʼminlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


