Test savollarini işlaş uçun qança vaqt beriladi?
❓Test savollarini işlaş uçun qança vaqt beriladi?
#abituriyent
3 ta majburiy fanlar uçun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uçun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
➖ Agar kimdadir çet tili yoki boşqa fanlardan imtiyozli sertifikati bölsa va öşa mutaxassislik fani uçun test sinovidan ozod qilingan bölsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib taşlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bölsa, unda 120 daqiqa ayirib taşlanadi hamda faqat majburiy fanlar uçun 1 soat vaqt beriladi;
➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bölsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bölgan fani uçun 20 daqiqa çegirib taşlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topşirsa, unda 40 daqiqa beriladi;
➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yönalişlarga topşirgan abituriyentlar uçun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❗️Uşbu vaqt içiga javoblarni belgilaş ham kiritilgan. Yaʼni böyaş uçun alohida qöşimça vaqt berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars
