Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinçi bosqiçi 27-iyul kuni 1 smenada bölib ötadi

Matn23-iyul, 2024, 11:051 daqiqa0 koʻrish

⚡️ Prezident maktablari imtihonlarining birinçi bosqiçidan ötgan talabgorlar uçun ikkinçi bosqiç imtihonlari 27-iyul kuni 1 smenada bölib ötadi.

Kiriş imtihonlarining ikkinçi bosqiçi test şaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlaş va muammoni yeçiş böyiça 40 ta topşiriqni bajarişga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan işlaş (Reading component) böyiça 40 ta topşiriqni bajarişga 40 daqiqa beriladi.

❗️ Talabgorlarga topşiriqlarni bajariş uçun belgilangan vaqtdan taşqari (130 daqiqa), kiriş imtihonining javoblar varağini belgilaş uçun qöşimça vaqt berilmaydi.

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Şundan söng, imtihon ötkaziladigan joy nomi va vaqti töğrisidagi maʼlumotni şaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olişingiz mumkin.

📍 Toşkent viloyati öquvçilari uçun imtihonlar Toşkent şahrida bölib ötadi.

✅ Talabgorlar ruxsatnoma va tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelişlari kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek