Ertadan test boşlanadi
Ertadan test boşlanadi. Köp berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent
❓ Testga oq köylakda yoki şu kabi biror qatʼiy formada keliş şartmi?
✅ JAVOB: yöq, şart emas. Kiyimga çeklov qöyilmagan. Özingizga qulay bölgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportça) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida şortikda, şippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
❓ Testga kiriş uçun qanday hujjat olib boriş kerak?
✅ JAVOB: Test sinovlariga kiriş uçun faqat pasport (ID-karta) va qoğozga çop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bölsa kifoya. Ruxsatnomani şaxsiy kabinetingizdan yoki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow manzilidan yuklab olişingiz mumkin. Ruxsatnomani telefonda körsatiş hisobmas, albatta qoğozga çop etiş kerak.
❓Pasport yoki ID-kartaning elektron versiyasini körsatsa böladimi?
✅ JAVOB: Yöq, bölmaydi. Albatta hujjatning originali yoningizda bölişi kerak.
❓Testga qanaqa rangdagi ruçka olib boriş kerak?
✅ JAVOB: Heç qanaqa! Test sinovlariga özingiz bilan ruçka olib kelişingiz şart emas, olib kelganingiz bilan baribir qöyişmaydi. Içkarida ruçka hamda suv beriladi.
❓Testga yegulik yoki suv olib kirişga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Yöq, ruxsat berilmaydi. Içkarida suv tarqatiladi. Yegulikka kelsak, testda 1-2 soat oldin nimadir tanovul qilib olişingiz kerak. Va imkon qadar bu qorinni oğritmaydiganroq yegulik bölsin. Oç qorin bilan testga kirmang! Bu natijangizga salbiy taʼsir qilişi mumkin.
❓ Testga soat olib kirişga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy şarti soatingiz oddiy mexanik soat bölişi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.
❓ Öqişga kira olmaganlarga tölagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB: yöq, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 187 ming 500 söm — bu testga kiriş uçun edi. Öqişga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

