Tushuntirish

Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 körsatilgan?

Foto13-iyul, 2025, 21:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 körsatilgan?
#abituriyent

Ertadan boşlanadigan test sinovlari 2 ta smenada ötkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinçi smena soat 15:00 da BOŞLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

✅ Sababi bu yerda test ötkaziladigan joyga yetib keliş vaqti körsatilgan. Har yili qayta-qayta taʼkidlaşga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga keçikib keladi. Keçikkanlar testga kiritilmaydi, boşqa kuni qayta topşirişga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini kökka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan şu vaqtning öziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketişadi. Çunki abituriyentlar bir neça bosqiçli tekşiruvdan ötişadi va bunga ham ança vaqt ketadi.

Şunga köra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt körsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam öz joyingizni egallang. Keçikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, şoşa-poşa yugurib, hali test boşlanmasidan özingizni asabiylaştirmang, bu natijaga ham salbiy taʼsir qilişi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilişsa, yaxşi bölardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kiriş uçun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qoğozda çop etib (printerda peçat qilib) olgan bölişingiz kerak (rangli bölişi şartmas, oq-qora ham bölaveradi).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Test savollarini işlaş uçun qança vaqt beriladi?

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Ertadan test boşlanadi

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing