Муштарийлардан тест имтиҳонлари ҳақида хабарлар
Муштарийлардан хабарлар:
1️⃣ Парикмахерга кирдим эрталаб. Тест бўйича гап кетди. Битта парикмахер 4 та болани грим қилгани ҳақида гапиришди. Қошларигача тердирибди ўғил болалар. Сизга тема. Гримларга ҳушёр бўлсин текширувчилар
2️⃣ Assalom alaykum Xushnud aka! Bekoboddan O‘ktam. 2-avgust kuni ertalabki smenada TTI ga singlim imtihon topshirdi. Shaxsan o‘zim olib bordim. Imtihon oldi kameralardan ikkitasi bir oz muddat ishlamadi, lekin imtihon boshlanganda va imtihon davomida to‘xtamasdan ishladi. Partaga o‘tirguncha 4 ta joydan kuchli mazorat ostida o‘tishdi. Menimcha hammasi shaffof o‘tdi. Ilohim haqiqiy bilimlilar talaba bo‘lsin!
3️⃣ Ассалому алейкум Хушнудбек. Биринчи ва иккинчи кунлар зур утди. Илтимос колган кунлар хам назоратни сусайтирманглар. Токи нохак кириш пайида юрганлар армонда колишсин. Бу йил халкимиз роса кутганди,кандай буларкин деб. Лекин хозирча хаммаси аъло даражада. Минг рахмат.
4️⃣ Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Mana kecha 1-avgustdagi imtihon natijalari e'lon qilindi lekin bundan oldinroq bölib ötgan ijodiy imtihondan ötgan abiturientlar hamon öqishga kirgan yoki kirmaganligi haqida töliq ma'lumot ololganicha yöq. (Masalan: Milliy rassomchilik va dizayn instituti) Faqatgina töplangan ballar e'lon qilingan xolos. Bu borada kanalingizda javob kutaman. Rahmat!
5️⃣ Aka mani ukam narxozga òz kuchi bilan kirdi hammaga rahmat bitta blokni iwlab kirdi qoyil ammo
6️⃣ Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Ollohga shukur haqiqat bor ekan. O'qiganlar mana talaba. Singlim mana 4 yil abituriyent nomidan qutilib ToshDIU ga grant asosida talabalar safiga kirdi. Ming shukurki mehnatlari besamar ketmadi. Prezidentimizga ming rahmat. Agar mana shu test tizimi islohotlari bolmaganda nohaqliklar davom etaverardi. Shunaqa baxtliman o'zim o'qishga kirganimda ham shunchalik quvonmagandim. Prezidentimizga, barchaga ming rahmat. Ollohga behisob shukur. Qolganlarga ham omad.
Каналга уланиш: 👇
https://t.me/xushnudbek
- 👍 2


