Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Tata Steel Chess-2023 turniri bugun yakunlanadi

Albom29-yanvar, 2023, 10:563 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tata Steel Chess-2023 turniri bugun yakunlanadi

Keça turnirning 12-turida 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov asosiy taʼqibçilaridan biri 🇺🇸Uesli So bilan durang öynadi.

Quvonarlisi, turnirdagi boşqa yetakçi şaxmatçilar 🇳🇱Aniş Giri hamda 🇳🇴Magnus Karlsen ham durang öynadi. Aniş yaqqol mağlubiyatdan bir amallab qutilib qolgan bölsa, Magnus ğalabani qöldan çiqarib, durangga rozi böldi.

Şunday qilib, Nodirbek 8 oçko bilan peşqadamlikni özida saqlab qoldi. Nodirbek 5-turdan buyon turnirda yakka peşqadam bölib turibdi va heç kimni öziga tenglaştirmadi.

Turnir davomida hali Nodirbek biror marta mağlub bölmagan 4 şaxmatçidan biri bölib turibdi.

Bugun oxirgi 13-turda Nodirbek 🇳🇱Yorden Van Forest bilan kuç sinaşadi. Keça Yorden juda uzoq davom etgan murakkab bahsda Aniş Girini juda qiyin vaziyatga solib qöydi, ammo yakunda ğalabani qöldan çiqardi. Bugun qanday bölişini kuzatamiz.

❓Nodirbekka qanday natija kerak?

Abdusattorov uç xil natijada ham çempion bölişi mumkin.

Yutuq

Agar Nodirbek yutsa, unda taʼqibçilari qanday öynaşidan qatʼi nazar, 100% çempion böladi.

Durang

Agar bugun Nodirbek durang öynasa, unda har qanaqasiga ham çempionlik imkonini saqlab qoladi. Bunda 2 xil variant bölişi mumkin:

a) Agar Aniş Giri durang öynasa yoki yutqazsa, unda Nodirbek çempion böladi;

b) Agar Aniş Giri ğalaba qozonsa, unda oçkolar teng böladi va ikki şaxmatçi örtasida tay-brekda yana qöşimça blits öyinlar ötkaziladi.

Mağlubiyat

Bunda ham Nodirbekda çempionlik imkoni saqlanib qoladi, ammo ehtimoli pasayadi. Variantlar quyidagiça:

a) Aniş Giri yutqazsa, şuningdek Magnus Karlsen va Uesli So yuta olmasa, unda Nodirbek çempion böladi;

b) Giri durang öynasa yoxud Karlsen yoki So yutsa, unda oçkolar tenglaşadi va tay-brek böladi;

c) Giri yutsa, unda u çempion böladi, Nodirbek esa 2-örinni egallaydi.

***

Oxirgi tur öyinlari bugun Toşkent vaqti bilan soat 16:00 da boşlanadi.

🇺🇿Nodirbekka çin dildan omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek