Afsuski, Nodirbek Abdusattorov tay-brek yarim finalida mağlub böldi
Afsuski, 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov tay-brek yarim finalida mağlub böldi.
Birinçi partiyada Nodirbek 100% lik ğalaba pozitsiyasida edi. Ammo oxirida bittagina xato natijasida 🇨🇳Vei Yi doimiy şoh beriş ortidan bir amallab durangga erişdi.
Ikkinçi partiyada ham Nodirbekda ustunlik edi, ammo oxirida bu ustunlikdan foydalana olmadi va yana bittagina xato barçasini hal qildi.
Afsus, juda alamli böldi, juda ham. Mayli endi, nima ham deymiz. Blits-partiyada hamma narsa bölişi mumkin.
Narigi yarim finalda esa 🇮🇳Gukeş 🇳🇱Aniş Girini mağlub etdi va finalga çiqdi.
Şunisiga ham Nodirbekka katta rahmat. U klassik şaxmatda öz hisobiga 17,3 reyting oçkosi qöşdi va dunyoning TOP-15 ta kuçli şaxmatçilari tarkibiga qöşildi. Bu hozirça Nodirbek uçun özining eng yaxşi şaxsiy natijasi.
Töldiriş: Vei Yi — "Tata Steel Chess 2024" turniri çempioni böldi.
👉 @xushnudbek 👈



