Abdusattorov va Sindorov yana durang öynadi
Abdusattorov va Sindorov yana durang öynadi
Tata Steel Chess-2023 turniri hal qilivçi pallaga kirdi. Keça turnirning 11-turi bölib ötdi.
Masters guruhi peşqadami 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov özining asosiy taʼqibçisi, 2-örindagi 🇳🇱Aniş Giri bilan durangga imzo çekdi.
Şunday qilib Nodirbek 7,5 oçko bilan peşqadamlikni saqlab qoldi. Aniş Girida 7 oçko bor.
3-örindagi 🇳🇴Magnus Karlsen ham yetakçilardan biri bölgan 🇺🇸Uesli So bilan durang öynadi. Magnus Nodirbekdan hamon 1 oçko ortda qolmoqda.
Bugun Nodirbek Uesli So bilan öynaydi.
Challengers guruhidagi 🇺🇿Javohir Sindorov ham keça 🇳🇱Maks Varmerdam bilan durang öynadi.
Javohir 7 oçko bilan 3-örinda bormoqda. Yaxşi tomoni uning taʼqibçilari 1 oçko ortda qolmoqda, biroz yomon tomoni uning özida ham 1-örindagi 🇩🇪Aleksandr Donçenko bilan 1 oçkolik farq hosil böldi. Şunday bölsada Sindorov çempionlik uçun jangni davom ettiradi.
Bugun Javohir asosiy taʼqibçisi 🇮🇷Muhammad Amin Tabatabai bilan kuç sinaşadi.
Eslatib ötamiz, turnir jami 13-turdan iborat böladi, yana 2 ta tur qoldi. Ertaga çempion maʼlum böladi.
👉 @xushnudbek 👈


