Abdusattorov va Sindorov durang öynadi
Abdusattorov va Sindorov durang öynadi
Keça Tata Steel Chess-2023 turnirining 10-turi bölib ötdi.
Masters guruhi peşqadami 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida 2-örinda borayotgan 🇨🇳Ding Liren bilan murosa yölini tanladi. Partiya juda qisqa böldi. Ikkala sportçi ham boşidan durangga roziligi sezilib turdi. Şu sababli tezda sipohlar almaşilgaç, 27-yurişdayoq durangga imzo çekişdi.
Şunday qilib Nodirbek 7 oçko bilan peşqadamlikni saqlab qoldi. 2-örindagi 🇳🇱Aniş Girida 6,5 oçko bor. Ertaga 11-turda şu ikki yetakçi şaxmatçi özaro kuç sinaşadi. Bu bahs çempionlik janggi deya baholanmoqda.
Qiziq tomoni 🇳🇴Magnus Karlsen ham oxirgi 4 ta öyindagi 3 ta ğalaba va 1 durangdan söng kuçli uçlikka qaytdi. U Nodirbekdan atigi 1 oçko ortda qolmoqda va uni çempionlik poygasidan öçirişga hali ertaligini hammaga eslatib qöydi.
Challengers guruhidagi 🇺🇿Javohir Sindorov ham keça 🇳🇱Ervin Lami bilan durang öynadi. Bu öyin ham ortiqça keskinliklarsiz ötdi.
Javohir 6,5 oçko bilan 3-örinda bormoqda. 1 va 2-örindagi şaxmatçilarda 7 oçko bor. Bu degani Sindorov çempionlik uçun jangni davom ettiradi. Ertaga u yana bir mezbon 🇳🇱Maks Varmerdam bilan öynaydi.
Bugun turnirda dam oliş kuni, öyinlar ötkazilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



