Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Talabalar diqqatiga! Ertadan boşlab voha viloyatlariga avtobus qöyiladi

Matn22-dekabr, 2023, 19:231 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Talabalar diqqatiga! Ertadan boşlab voha viloyatlariga avtobus qöyiladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ertadan, 23-dekabr - şanba kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toşkent şahri, Talabalar şaharçasida joylaşgan Özbekiston Milliy universiteti (möljal: Beruniy metrosi) boş binosi qarşisidagi maydonda (kiriş darvozasi, arka oldida) Toşkent şahrida tahsil oluvçi va qişki taʼtil munosabati bilan doimiy yaşaş joylariga jönab ketuvçi talabalar uçun qöşimça avtobus yönalişlari taşkil etildi.

🚌 Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud bölgan quyidagi yönalişlarda taşkil etilmoqda:

Toşkent — Olot (Buxoro);
Toşkent — Qarşi;
Toşkent — Termiz.

Çiptalar Özbekiston Milliy universiteti boş binosida taşkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toşkent-Olot (Buxoro) yönalişi böyiça avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uçun yönalişda belgilangan narxlarda xizmat körsatişi mumkin.

🚊Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farğona, Andijon viloyatlariga jönab ketuvçi talabalar uçun alohida qöşimça temir yöl vagonlari taşkil etilgan. Uşbu yönalişlarda imtiyozli (50% çegirma) temiryöl çiptalari Özbekiston Milliy universiteti boş binosida taşkil etilgan sayyor kassa (möljal: Beruniy metrosi) orqali berilişini maʼlum qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek