Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Biletlar sotilib bölgaç, talabalarga poyezd uçun çegirma eʼlon qilindi

Albom12-dekabr, 2023, 09:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Biletlar sotilib bölgaç, talabalarga poyezd uçun çegirma eʼlon qilindi

Qişki taʼtil mobaynida talabalarga mahalliy yönalişdagi temir yöl qatnovlari uçun çegirmalar eʼlon qilindi.

Çegirmalar 25.12.2023 dan 7.01.2024 ga qadar örnatilgan tartibda barça mahalliy yönalişdagi yölovçi poyezdlarning temir yöl hujjatining töliq qiymatidan 50% çegirma amal qiladi.

SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” elektropoyezdi uçun çegirma berilmaydi.

Yaxşi tomoni, çiptalarni çegirma asosida sotib oliş uçun kassaga şaxsan boriş şart emas, eticket.railway.uz saytidan onlayn olsa ham böladi, tizim integratsiya qilingan.

Yomon tomoni, qişki taʼtil boşlanişidagi deyarli barça çiptalar sotib bölingan.

Har yili yöq çiptaga keçikib çegirma eʼlon qilinişi, undan köra talabalar uçun yilning istalgan davrida qişki taʼtil uçun çegirma asosida çipta oliş huquqi bölişi kerakligi, ular dekabr kelişini kutib ötirişi notöğriligi haqida “Lolazor” podkastida ham gaplaşgan edik.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek