Diqqat, Telegramda yana virus!
❗️Diqqat, Telegramda yana virus!
#firibgar
Heç kimning qiziga ovoz beriş kerak emas. Şunaqa xabarlarni körsangiz, havolaga kirib ötirmang. Hattoki eng yaqin insoningizdan kelgan bölsa ham.
Afsuski, şu kabi xabarlar kanallarda ham çiqib ketmoqda (kanal egasining profili buzilgani uçun) va doimgidek guruhlarga tarqatilmoqda. Iltimos, Telegramdan kelgan duç kelgan havolaga kiravermang, qayta-qayta tekşiring.
Mabodo ehtiyotsizlik sababli profilingiz buzilgan taqdirda ham, zudlikda profilni tiklaş, virusdan tozalaş çoralani köring. Buning uçun Telegramda «Sozlamalar» => «Qurilmalar» => «Boşqa barça seanslarni tugatiş» buyruqlarini bosişingiz kerak.
Şuningdek, albatta 2 bosqiçli xavfsizlik tizimini ulang. Buning uçun «Sozlamalar» => «Maxfiylik va xavfsizlik» => «Ikki bosqiçli tekşiruv» buyruqlari orqali özingiz mustaqil parol qöyasiz.
Bu nima beradi? Masalan, sizning profilingizga kimdir kirmoqçi bölsa, Telegram orqali yuborilgan SMS-kodni kiritişdan taşqari, siz öylab topgan parolni ham yozişi kerak böladi. Bu esa öz-özidan xavfsizlikni kuçaytiradi. Faqat parolni siz ham esdan çiqarib qöysangiz, uni tiklaş uçun elektron poçta manzili kiritib qöyişni esdan çiqarmang.
Imkoni bölsa parolni unutmaslik uçun biror yaqin insoningizning (özingiznikini emas) pasport seriyasi va raqamini kiritib qöying. Esdan çiqib ketsa ham, topiş oson böladi.
👉 @xushnudbek 👈

