Taklif: qoidabuzarlarni erkalatmaslik kerak
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDTM qoidalarni qöpol ravişda buzgan abituriyentlarni kelgusi imtihonlardan 5 yildan 7 yilgaça çetlatiş böyiça normativ hujjat loyihasini işlab çiqmoqda.Taklif: qoidabuzarlarni erkalatmaslik kerak
#abituriyent
Test sinovlari davomida turliça qoidabuzarliklarga duç kelinadi. Eng keng tarqalganlari — bu telefon, şpargalka, kalkulyator yoki şu kabi vositalar olib kirişga harakat qiliş, özaro bir-biriga yordam beriş, savollar kitobini yirtib çiqiş, hujjatlarni qalbakilaştirgan holda birovning örniga kiriş va h.k.
Ammo bizda uşbu harakatlarning ayrimlarida öşa yilda testdan çetlatilsa, ayrimlarida umuman heç qanaqa jazo yöq. Masalan, kiriş paytida kimdadir berkitilgan telefon yoki şpargalka çiqsa, şunçaki ularni olib qöyib (yana telefonni testdan keyin qaytarib ham berişadi), testga kirişga ruxsat berilaveradi.
Vaholanki, aslida öşa abituriyent bila turib qöpol ravişda test sinovlari tartibini buzgan edi. Lekin biz keçirib yuboraveramiz, "mayli, bir yili kuymasin" deymiz.
Mana şunday köngilçanlik ortidan abituriyentlar yoppasiga qoidabuzarlikka harakat qilişadi, bilsa hazil, bilmasa çin qabilida. Hattoki baʼzi “yollangan” abituriyentlar pul evaziga şunçaki testga kirib, savollarni yirtib çiqiş bilan şuğullanadi. Bundaylarni “pustoy” deb ataşadi. Yaʼni ularning avvaldan maqsadi öqişga kiriş emas, şunçaki savollarni olib çiqiş böladi. Bunday abituriyentlarni joriy yilgi testdan çetlatiş ular uçun heç qanaqa jazo emas, mukofotday gap.
Şu sababli, avval ham köp bora aytgan taklifimni yana takrorlayman:
‼️Qoidabuzarliklar oğir-yengilligiga qarab, abituriyentlarni bir neça yil davomida test sinovlaridan çetlatiş amaliyotiga ötiş kerak. Masalan:
testga kirayotganda yoki içkarida telefon, şpargalka yoxud şu kabi yordamçi vositalar bilan qölga tuşsa — 2 yil muddatga (yaʼni öşa yilning özida + yana 1 yilga);
savollar kitobini yirtib çiqqani aniqlansa — 2 yil muddatga;
qalbaki til sertifikati taqdim etsa — 3 yil muddatga;
qalbaki hujjatlar orqali birovlarning örniga kirgani yoki kirişga uringani aniqlansa — jinoiy javobgarlikka tortgan holda 3 yil muddatga test sinovlaridan çetlatiş kerak.
🎓 Bundan taşqari xuddi şu amaliyotni faqat bakalavriat uçun emas, balki magistratura uçun ham qöllaş kerak.
Jumladan, magistraturada joriy yilda til sertifikatlarining darajasini yoki berilgan sanasini qalbakilaştirgan abituriyentlar köpaygani aniqlangan. Bunday holat Linguaskill sertifikatida köp kuzatilganini aytişdi. Mana şunday vaziyatda qalbaki sertifikat topşirgan talabalar "qora röyxat"ga kiritilib, 3 yil muddatga magistraturaga hujjat topşiriş huquqidan mahrum qilinişi kerak.
Taʼlimda maynavozçilik ketmaydi, qoidabuzarlarni erkalatmaslik kerak.
ESLATMA: ötgan yili sobiq DTM direktori Madjit Karimov qoidalarni buzgan abituriyentlarni 5 yildan 7 yilgaça testdan çetlatişga oid takliflar işlab çiqilganini aytgandi. Lekin oradan 1 yildan köproq vaqt ötsa ham, bu narsa amalga oşmadi. Juda köngilböşlik ham yaramaydi, Hukumat bu borada sustkaşlik qilişi yaxşi emas.
👉 @xushnudbek 👈


