Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Endi magistratura va doktoranturaga kiriş uçun çet tili sertifikati kerak emasmi?

Foto24-iyul, 2025, 08:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓ Endi magistratura va doktoranturaga kiriş uçun çet tili sertifikati kerak emasmi?
#abituriyent

✅ Qisqa javob: kerak, sertifikat bekor bölgani yöq.

🔻Batafsil javob: Keça ijtimoiy tarmoqlarda şu haqida postlar tarqalgandan söng, savollar köpaydi. Şunga izoh bermoqçiman.

2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Prezident farmoni bilan bir qator hujjatlarga özgarişlar kiritildi va ayrimlari töliq öz kuçini yöqotdi. Masalan, uşbu farmon bilan maktab öquvçilarining oxirgi 6 yillik örtaça bahosi test baliga qöşilişi bekor bölgani haqida yozgandim.

Uşbu farmonda 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarorining 6-bandning törtinçi xatboşisi çiqarib taşlanişi ham belgilangan. Uşbu xatboşida şunday deyilgan edi:

Mana şu band çiqarib taşlandi, yaʼni öz kuçini yöqotdi. Lekin bu sertifikatlar bekor bölganini anglatmaydi. Şunçaki 2021-yildagi mazkur qoidaning özi eskirgan edi. Ötgan 2024-yilda magistratura va doktoranturaga xorijiy til biliş darajasining yangi qoidasi belgilangan.

2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli Prezident farmonida quyidagi yangi talablar belgilangan:

Körib turganingizdek, yangi qoidalarda B1 darajaga ham ruxsat berilgandi.

❗️XULOSA: 2021-yildagi qarordan sertifikatga oid xatboşining çiqarib taşlanganiga asosiy sabab, uşbu qoidalar eskirgani va amalda emasligi edi. Magistratura va doktoranturaga til biliş darajasining yangi qoidalari 2024-yildagi qaror bilan belgilangan va u öz kuçida turibdi.

Heç qanaqa sertifikat bekor bölmadi, barvaqt xursand bölganlardan uzr sörayman😉

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek