Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Köp berilayotgan savollarga javoblar

Matn2-avgust, 2023, 10:301 daqiqa0 koʻrish

Köp berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

👕 Testga oq köylakda yoki şu kabi biror qatʼiy formada keliş şartmi?

✅ JAVOB: yöq, şart emas. Kiyimga çeklov qöyilmagan. Özingizga qulay bölgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportça) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida şortikda, şippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

📋 Testga kiriş uçun qanday hujjat olib boriş kerak?

✅ JAVOB: Test sinovlariga kiriş uçun faqat pasport (ID-karta) va qoğozga çop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bölsa kifoya.

🖌️ Testga qanaqa rangdagi ruçka olib boriş kerak?

✅ JAVOB: Heç qanaqa! Test sinovlariga özingiz bilan ruçka olib kelişingiz şart emas, olib kelganingiz bilan baribir qöyişmaydi. Içkarida ruçka, qoralama sifatida işlatiş uçun böş qoğoz hamda suv beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek