Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Köp berilayotgan savollarga javoblar

Matn31-iyul, 2023, 14:311 daqiqa0 koʻrish

Köp berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

❓ Testga oq köylakda yoki şu kabi biror qatʼiy formada keliş şartmi?
✅ JAVOB:
yöq, şart emas. Kiyimga çeklov qöyilmagan. Özingizga qulay bölgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportça) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida şortikda, şippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

❓ Testga kiriş uçun qanday hujjat olib boriş kerak?
✅ JAVOB:
Test sinovlariga kiriş uçun faqat pasport (ID-karta) va qoğozga çop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bölsa kifoya.

❓Testga qanaqa rangdagi ruçka olib boriş kerak?
✅ JAVOB:
Heç qanaqa! Test sinovlariga özingiz bilan ruçka olib kelişingiz şart emas, olib kelganingiz bilan baribir qöyişmaydi. Içkarida ruçka, qoralama sifatida işlatiş uçun böş qoğoz hamda suv beriladi.

❓ Testga soat olib kirişga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy şarti soatingiz oddiy mexanik soat bölişi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.

❓ Öqişga kira olmaganlarga tölagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB:
yöq, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 165 ming söm — bu testga kiriş uçun edi. Öqişga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Urgutda madaniy meros obʼyektlariga ziyon yetgan

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing