Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Şaxmatçilarimiz Jahon kubogini yaxşi boşlaşdi

Foto30-iyul, 2023, 21:241 daqiqa0 koʻrish

Şaxmatçilarimiz Jahon kubogini yaxşi boşlaşdi

Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida şaxmat böyiça öta nufuzli turnir — Jahon kubogi start oldi.

24-avgustgaça davom etadigan musobaqa olimpiya tizimida (yutqazgan çiqib ketiş) ötkaziladi.

Jahon kubogida Özbekiston nomidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Şamsiddin Vohidov hamda Nilufar Yakubboyeva iştirok etmoqda.

Nodirbek Abdusattorov yuqori reytingi sababli 1-bosqiçda qatnaşmaydi, u töğridan-töğri 1/64 finalga çiqdi.

Bugun Javohir Sindorov (oq) hamda Nodirbek Yakubboyev (qora) 1-öyinda ğalaba qozongan bölsa, Şamsiddin Vohidov (oq) hamda Nilufar Yakubboyeva (qora) durang öynadi.

Endi ertaga javob partiyasi böladi, agar hamyurtlarimiz kerakli natijani qayd eta olişsa, keyingi bosqiçga çiqişadi. Agar 2 ta öyinda durang bölsa, unda indin kuni qöşimça tay-brek ötkaziladi.

ESLATMA: Jahon kubogida dunyoning eng TOP şaxmatçilari ham qatnaşmoqda (rasmda ayrimlari). Musobaqada yuqori uçta örinni egallagan şaxmatçilar 2024-yilda böladigan Jahon şaxmat toji uçun nomzodlar turniriga yöllanmani qölga kiritadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek