OTMlarda majburiy obuna va kutubxonalar muammosi
Мажбурий обуна мавзусини давом эттирган ҳолда, менга анча олдин, февраль ойида келган хатни ҳукмингизга ҳавола қилмоқчиман. Ўша пайтда Телеграмда каналим йўқ эди, мурожаатчига фақат маслаҳат бериш билан чекланиб, ҳеч қаерда эълон қилмагандим буни )
Assalomu alaykum. Ishlaringiz yaxshimi? Shaxsimni sir qolishini kafolatlasangiz, bitta narsaga e’tiboringizni qaratmoqchiydim. Bu “Yoshlar plyus” gazetasi. “Rivojlanaji” deb yozibdi. Yana katta katta qilib. Men talabaman, obunaga 55 000 so‘mdan yig‘ilgan. O‘sha 55 000 so‘mlik gazetaning ahvoli.
Kutubxonamizga kirsak kerakli kitoblarni topib bo‘lmaydi. Oliygohimizda bizlardan 55 000 mingdan yig‘ilsa jami 4ta kurs taxm 1mlrd so‘m bo‘larkan. Shuncha pulga obuna emas kitob olib kutubxonaga joylanganda edi kutubxona kitoblarga to‘lgan bo‘lar edi.
Yoshlar uchun chiqarilgan gazeta kirillitsada yozilgani ham juda kulguli.
Dekanga bu gazeta ma’lumotlarini 1 hafta 10 kun oldin men netda o‘qiyman desam urishib berganlar! O‘ziz bilasiz sessiya degan narsalar bor. Shular bn qo‘rqitishgan. Bizda kim qaysi gazetaga obuna bo‘lganini ham bilmaydi. Hatto o‘qituvchilar ham. Dekabrda to‘lamaganlarni stependiyasidan qayirib olganlar.
Bir narsani iltimos qilmoqchiydim. Institutimizga gap tegmasin iltimos. Bu holat O‘zb ni hamma OTMlarida borku. Men boshqa narsaga e’tiborinizni qaratmoqchiydim. Mayli yiliga 55 000 so‘mdan yig‘ilsin. O‘sha pulga kutubxonaga kitob olib kelinsin. 1Mlrd so‘mlik kitobni tasavvur qilyapsizmi?
Каналга уланиш: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
