Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Stipendiyali kontrakt qanaqa böladi?

Matn6-sentabr, 2023, 17:541 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Stipendiyali kontrakt qanaqa böladi?

Joriy yil 2023/24-öquv yili uçun kontrakt miqdorlari oşirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar körsatilgan. Yaʼni uşbu miqdordagi kontrakt tölagan talabalarga stipendiya berilmaydi.

Kontraktdagilar ham stipendiya oliş uçun nima qiliş kerak?

Buning uçun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qöşib tölaş kerak.

Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 söm. Buni 12 oyga köpaytirsak, 6 mln 214 ming 560 söm böladi.

Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 söm deb tasavvur qilaylik. Şunda agar talaba har oy stipendiya olişni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 söm kontrakt tölaşi kerak böladi.

Şunda özi tölagan pulni har oy bölib-bölib stipendiya şaklida qaytarib oladi.

Bu oddiy holatda unçalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bölsa, stipendiyali şaklda tölab qöygani yaxşi. Bundan taşqari işxonasidagi oylikdan tölaydiganlar ham stipendiyali qilib ötkazsa, soliq imtiyozidan 1 yilda 745 ming söm qöşimça foyda qiladi.

Bundan taşqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga şartnoma oliş variantini körib çiqiş mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali böladi, çunki ularga foizsiz kredit beriladi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek