Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Taʼlim krediti haqida batafsil maʼlumot

Matn26-sentabr, 2024, 14:463 daqiqa0 koʻrish

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uçun bir yillik kontrakti miqdorigaça ajratiladi.

Ikkinçi va undan yuqori kurs talabalari uçun fanlarni özlaştirişning örtaça körsatkiçi “3” dan past bölgan taqdirda taʼlim krediti tölov-kontrakt summasining köpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytariş muddati: öqiş muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan söng yettinçi oydan boşlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uçun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uçun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka özgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka kötarilsa, unda kredit foizi özgarmaydi (yaʼni kötarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

✅ faqat kunduzgi taʼlim şakliga
✅ bakalavr (şu jumladan ikkinçi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan
✅ yoki öqişini köçirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

❌ super-kontrakt uçun;
❌ sirtqi;
❌ keçki;
❌ masofaviy;
❌ maxsus sirtqi şakllar uçun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uçun: taʼlim krediti Özbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

✅ oliy;
✅ örta maxsus;
✅ professional taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qöşma dasturda öqiydigan talabalarga beriladi.

❌ Xorijda joylaşgan OTMlarda öqiş uçun taʼlim krediti berilmaydi.

❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvçining doimiy daromad manbaiga ega bölgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boşqa uçinçi şaxslar taʼlim krediti şartnomasida birgalikda kredit oluvçi sifatida qatnaşişlari mumkin (yaʼni aynan qarindoş bölişi şartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti böyiça garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat Özbekiston fuqarolari uçun beriladi. Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga banklarning özlari tijoriy şartlarda kredit berişi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi örtasidagi şartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilişining taʼminoti böyiça hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti böyiça garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovçi maʼlumotnoma (agar bölsa);
f) bankning içki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boşqa hujjatlar, şu jumladan, birgalikda kredit oluvçiga tegişli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza körib çiqiliş vaqti: ariza 5 iş kunida körib çiqilişi va kredit şartnomasi imzolanişi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi körsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytariş: kredit oluvçi taʼlim kreditini şartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarişga haqli.

✔️Arizani qaçon va qanday beriş kerak: taʼlim krediti oliş uçun arizani bugunning özida bersangiz ham bölaveradi. Buning uçun albatta bankka borişingiz ham şart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuboriş ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka boriş maʼqul bölsa, unda bu variantni ham körişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek