Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

MetsenatUz loyihasi yana davom etadi: 30 nafar talabaga 1 yillik töliq taʼlim granti

Foto23-sentabr, 2023, 14:141 daqiqa0 koʻrish

MetsenatUz loyihasi yana davom etadi: 30 nafar talabaga 1 yillik töliq taʼlim granti

Xabaringiz bölsa kerak, biz 2020-yilda iqtidorli hamda ehtiyojmand talabalarga taʼlim granti va stipendiya ajratişga möljallangan Metsenat.uz loyihasiga asos solganmiz.

❗️Ötgan davr mobaynida homiylar kömagi bilan talabalarga jami 6 mlrd 868 mln söm mablağ tölab berildi.

Uşbu xayrli loyihamiz yana davom etadi. Navbatdagi grantni kutib oling:

MÇJ "TAIBA FINANCE" XK töliq bir yillik şartnoma summasini qoplab beruvçi taʼlim granti eʼlon qiladi.

Onlayn ariza yuboriş:
📲 https://imkon.uz/metsenat/125

Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning taʼlim olişi uçun moddiy yordam körsatiş;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uçun: barça davlat taʼlim muassasalari uçun

📊 Qaysi bosqiç uçun: bakalavriatning barça bosqiçi

📚 Qaysi taʼlim şakli uçun: kunduzgi

👥 Neça kişiga beriladi: 30 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: töliq bir yillik stipendiyasiz şartnoma summasi

⏳Hujjatlar 31-oktyabrgaça qabul qilinadi. Şundan söng jamoatçilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali ğoliblar aniqlanadi.

Onlayn ariza yuboriş:
📲 https://imkon.uz/metsenat/125

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek