Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Soliq qömitasi: Yandex Go (Taxi) 1-dekabrdan soliq tölaşni boşlaydi

Matn2-dekabr, 2023, 15:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Soliq qömitasi: Yandex Go (Taxi) 1-dekabrdan soliq tölaşni boşlaydi

Joriy yil 1-dekabrdan boşlab Yandex Go xizmati Özbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti – “YandexGo UB” MÇJ yuridik şaxs tomonidan taqdim etiladi. Bu haqda SQ maʼlum qildi.

Şu kundan boşlab Yandex Go xizmati öz hisob-kitoblarini Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablari asosida yuritadi, birlamçi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni tölaydi.

Bu haqda Rideteç International B.V. Soliq qömitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Şu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalaş böyiça işlar yakunlandi. Özini özi band qilgan şaxslar va yuridik şaxslar mazkur servis yordamida taşiş xizmatini körsatganda mijozlarga fiskal çek beriş masalasi körib çiqilmoqda.

Şuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalaş işlari ham yakunlanganini maʼlum qilamiz. Yaqin kunlarda ular orqali körsatilgan taşiş xizmatlari uçun tölovlarni fiskallaştiriş kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek