Özini özi band qilgan taksiçilar uçun soliq tölaş tartibi soddalaştirildi
❗️Özini özi band qilgan taksiçilar uçun qulaylik:
Hukumat qaroriga köra, özini özi band qilgan şaxslarning soliq davrida işlarni bajarişdan (xizmatlar körsatişdan) olgan daromadlari 100 mln sömdan oşganda, ular tölaşi lozim bölgan soliqlar soliq organlarining yuridik şaxslarga yuborilgan xabarnomasi asosida yuridik şaxslar (soliq agenti) tomonidan tölov manbaida uşlab qolinadi.
❓Bu nima degani?
Qoidaga köra, özini özi band qilgan taksiçilar 1 yil içida 100 mln sömgaça daromad qilsa, soliq tölamaydi. 100 mln sömdan oşganda soliq tölaş boşlanadi.
Bunga qadar 100 mln sömdan oşiq daromad qilgan taksiçilar özlari turli hujjatlarni töldirib, soliqlarni özlari tölaşlari lozim edi. Yaʼni davlatga soliq tölaş uçun hujjatbozlik ham qilişingiz kerak edi.
Endilikda 1 yil içida 100 mln sömdan oşiq daromad qilgan taksiçilardan soliqlarni yuridik şaxslar (taksi agregatorlari)ning özi avtomat uşlab qoladi va davlat byudjetiga yönaltiradi. Bu xuddi işxonada olgan iş haqingizdan soliqlarni buxgalteriya bölimi avtomat uşlab qolganday gap.
Özini özi band qilgan taksiçilar endi soliq tölaş uçun heç qanday hujjat töldirişlari yoki ovora bölişlari şart emas.
Maʼlumot uçun: 2024-yilda özini özi band qilgan 4,7 ming nafarga yaqin taksiçilar 100 mln sömdan oşiq daromad qilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈

