Özbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi taşkil etiladi
❗️Özbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi taşkil etiladi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, Vazirlar Mahkamasi huzurida taşkil etiladigan Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
➖ energiya samaradorligini oşiriş sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş;
➖ sohada rağbatlantiruvçi va taʼsir etuvçi çoralar işlab çiqiş va tartibga soliş.
2025-yil 1-iyuldan boşlab:
🔹 aholi uy-joylarining energiya auditini ötkaziş xarajatlari hamda quyoş panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizini;
🔹 issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin BHMning 50 baravaridan (18 mln 750 ming söm) oşmagan miqdorda qoplaş uçun Agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi.
2025-yil 1-sentyabrgaça Energiya samaradorligini oşiriş raqamli platformasi işga tuşiriladi.
📃 Agentlik huzurida byudjetdan taşqari Energiya samaradorligini rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi.
🔋 2025-yil 1-oktyabrga qadar işlab çiqaruvçilar
va import qiluvçilar uçun texnologiyalar energiya samaradorligining “yaşil” standartlari joriy etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



